Bir kuni bolaligidan otasini koʻrmagan bir odam, nihoyat, uni topib, ziyorat qilishga qaror qilibdi. Otasi juda uzoqda, boshqa bir mamlakatda yashar ekan. Amal-taqal manzilni topib, u chipta sotib olibdi va juda uzoq yoʻl bosibdi. Shu vaqt davomida u uchrashuvni intizorlik bilan kutibdi, otasi bilan koʻrishganda nima deyishini oʻylab boribdi. Aniq manzilga yetib kelib, hayajon bilan oʻsha qadrli eshikni taqillatibdi. Ammo eshikni unga notanish bir erkak ochganida, uning hafsalasi pir boʻlibdi — manzil notoʻgʻri ekan!..
Koʻpincha turli dinlar haqida soʻz ketganda, bolalarcha bir mulohazani eshitishga toʻgʻri keladi: «nima haqida bahslashamiz, dinlar har xil, ammo Xudo bitta-ku!». Shu tariqa, hayotning eng tub savolini oʻrganib koʻrish zahmatini oʻziga ravo koʻrmay, zamonaviy inson olam Yaratuvchisi haqida shoshqaloq xulosa chiqaradi. Lekin aslida hammasi shunchalik oddiymi? Odatda bunday gapni hech qaysi dinga mansub boʻlmagan yoki hayotida din hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmagan kishilar aytadi. Ular dinni hayotning shunchaki bir qismi deb biladilar — xuddi har kimda har xil boʻladigan, biroq har biriga oʻziga yarasha mamnunlik baxsh etadigan havas (xobbi) kabi. Shu sababli bunday odamlar uchun din masalasini chuqur oʻrganish va bahslashish foydasiz, hatto nomaqbul tuyuladi. «Didga va rangga oʻrtoq yoʻq», deyiladi-ku. Yoki ular dinni shunchaki insonga bu dunyoviy hayotni durust oʻtkazishga yordam beradigan axloqiy meʼyorlar toʻplami deb tushunadilar.
Holbuki, «din» (religiya) soʻzining oʻzi lotinchadan «bogʻlamoq», «aloqani tiklash» deb tarjima qilinadi. Kim bilan aloqani? Olam Yaratuvchisi bilan. Albatta, Xudo haqiqatan ham bitta, Muqaddas Kitobda aytilganidek: «Men Rabbiyman, oʻzgasi yoʻq; Mendan boshqa Xudo yoʻq» (Ishayo 45:5). Biroq bundan Unga eltadigan yoʻllar koʻp, degan notoʻgʻri xulosa chiqariladi. Xudo bitta, ammo dinlar (Xudo haqidagi tasavvurlar) — koʻp. Shunga qaramay, haqiqiy din faqat bitta boʻlishi mumkin — xuddi muayyan bir odam joylashgan manzil faqat bitta boʻlishi mumkin boʻlganidek. Haqiqiy Xudoning huzuriga yetib borish uchun aniq «manzil» kerak. Agar manzillar bir nechta boʻlsa, ulardan faqat bittasi toʻgʻri, qolganlari esa yolgʻon boʻlib, Xudoga olib bormaydi.
Muqaddas Kitobdan bilamizki, Xudo nihoyatda Dono, Rahmli, Oʻz yaratganini sevadi, u bilan muloqotni qoʻmsaydi va har bir insonga najot tilaydi. Rabbiy — aqldan-da yuksak Zot, biror mavhum tushuncha emas, «qandaydir oliy narsa» emas, «allaqaerda nimadir bordir...» degani emas. Xudoni odamlar «yaratmaydi», aksincha, Xudoning Oʻzi bizning Yaratuvchimizdir; U bilan najotbaxsh muloqotga kirishish uchun esa Xudoning Oʻzi bizga choʻzgan qoʻli — Uning insoniyatga yoʻllagan gʻayritabiiy vahiysi kerak. Vahiy — bu Uning Oʻzi haqida Oʻzi oshkor etgan narsasidir. Tabiiyki, sevguvchi Rabbiy Oʻz yaratganidan masxara qilib, unga bir-biriga zid vahiylarni bermaydi. Shu bilan birga, eng keng tarqalgan dinlarga yuzaki nazar tashlash ham yagona xulosaga olib keladi: ular bitta manbadan emas, bir xil narsaga oʻrgatmaydi, Xudo haqidagi taʼlimotda va tub masalalarda bir-biriga ziddir. Garchi ayrim qoidalari mos kelishi mumkin boʻlsa-da.
Xoʻsh, qaysi din haqiqiy? Olam Yaratuvchisining Oʻzi Oʻz kalomi — Muqaddas Kitob orqali va Cherkovning muqaddas otalari orqali bizga qatʼiy aytadiki, Xudo bilan birlashtiradigan yagona haqiqiy va najotbaxsh din bor — bu Pravoslav Xristianligidir: «Iso dedi: Yoʻl, haqiqat va hayot Menman; Mendan boshqa hech kim Otaning huzuriga bormaydi» (Yuhanno 14:6), «Oʻgʻilga ishongan kishida abadiy hayot bor, Oʻgʻilga ishonmagan esa hayotni koʻrmaydi, balki Xudoning gʻazabi uning ustida qoladi» (Yuhanno 3:36).
Avliyo Feofan Zatvornik shunday yozadi: «Dunyoda mavjud boʻlgan barcha dinlar, yagona haqiqiy pravoslav dinidan boshqasi — yolgʻondir va insonga najot bermaydi. Yolgʻon din — odamlar ustidan kulgidan oʻzga narsa emas. Oʻlimdan soʻng kishi nimaga umid bogʻlagani qanchalik mustahkam ekani darhol ayon boʻladi... Oʻshanda oʻzining aldanganini koʻrgan kishining ahvoli naqadar dahshatli va yurakni oʻrtovchi boʻladi!».
Faqat Pravoslav Xristianligi oʻzining Ilohiy kelib chiqishini tasdiqlovchi obyektiv dalillar keltira oladi. Xoʻsh, ular qanaqa?

Tarixiy dalil
Xristianlik butparast Rim imperiyasi tomonidan uch asr davom etgan taʼqiblar sharoitida vujudga keldi va rivojlandi. Xristianlarni qanchalik koʻp oʻldirgan boʻlsalar, ular shunchalik koʻpayaverdi. Ustiga-ustak, xristian shahidlari Xochga mixlangan Xudo uchun jon berardilar — bu esa butparastlar nazarida telbalik sanalardi. Oxir-oqibat, Rim imperiyasining oʻzi xristian boʻldi. Bu Xudoning qudratisiz mumkin boʻlmas edi.
Taʼlimotga oid dalil
Xristianlikda eʼtiqod haqiqatlarining gʻayrioddiyligi, noodatiyligi, betakrorligi, yaqqol koʻrinib turgan bu dunyoga mansub emasligi va teranligi namoyon boʻladi (masalan, olamning yoʻqdan bor qilinishi, Xudoning Uch-Birligi, Xudoning Iso Masih siymosida inson boʻlib mujassam boʻlishi, Uning Qoni orqali kafforat keltirishi, Uning Tirilishi). Bularni inson oʻzi oʻylab topa olmasdi. Bu shu jihatdan ham hayratlanarliki, xristian eʼtiqodini sodda va kitobiy ilmga ega boʻlmagan kishilar voizlik qilib targʻib etishgan.
Maʼnaviy-axloqiy dalil
Hech bir diniy yoki falsafiy tizim xristianlik taklif etayotgan oʻsha eng yuksak axloqiy choʻqqiga yeta olmaydi. Xudoga farzand boʻlish, ilohiylashuv (Xudoga oʻxshab borish), muqaddaslik, qalb pokligi, Xudoni va yaqinlarni — hatto dushmanlarni ham sevadigan darajada — mukammal sevish, Muqaddas Kitob meʼyorlarining hech kimga — na boyga, na kambagʻalga, na hukmdorga, na ruhoniyga, na paygʻambarga, na gunohkorga — Xudoning irodasini chin dildan bajarishga intilganlardan boshqa hech kimga «foydasizligi»: bularning bari xristianlikning Ilohiy kelib chiqishidan dalolat beradi.
Bashoratli dalil
Muqaddas Kitobda amalga oshgan koʻplab bashoratlar bor. Eski Ahd kitoblarida Rabbimiz Iso Masihda yaqqol roʻyobga chiqqan bir necha yuz bashorat mavjud. Yangi Ahdda ham bashoratlar koʻp. Masalan, Luqo Xushxabarining 1-bobida biz Xudo Onasining soʻzlarini oʻqiymiz: «bundan buyon barcha avlodlar Meni baxtiyor deb ulugʻlaydilar...». Oʻsha paytda kambagʻal oiladan chiqqan toʻquvchi boʻlgan Bokira Maryam, kelajakdagi barcha inson avlodlari Uni ulugʻlashini oldindan aytadi. Bashorat ushaldi — biz butun dunyoda va barcha zamonlarda Muqaddas Xudo Onasiga boʻlgan ehtiromni koʻrib turibmiz. Muqaddas Kitobning roʻyobga chiqqan barcha bashoratlarini yoritib chiqilsa, ulkan bir kitob yozishga toʻgʻri kelardi.
Xoʻsh, yolgʻon dinlar qayerdan paydo boʻlgan? Gunohga yiqilgandan soʻng odamlar dindorlikni saqlab qoldilar, ammo aksariyati haqiqiy Xudoga boʻlgan imonini yoʻqotdi. Barcha diniy adashishlar — bu kibr ruhi yetaklagan tubanlashgan inson bilan shaytoniy kuchlarning hamkorligi mahsulidir: «zero, xalqlarning barcha xudolari — butlardir, Rabbiy esa osmonlarni yaratgandir» (Zabur 95:5).
Biroq bunday eʼtirozni eshitish mumkin: «Mayli, noxristian dinlar borasida tushundik, ammo xristianlikning oʻz ichidagi rang-barang diniy jamoalar-chi? Pravoslavlar, katoliklar, protestantlar, eski marosim tarafdorlari (staroobryadtsylar), nestorianlar, monofizitlar... Axir ularning bari Muqaddas Uchlikka va Xudo-Inson Masihga ishonishadi-ku. Nega aynan Pravoslav Xristianligi najotga eltadigan yagona yoʻl, deb taʼkidlaysizlar?»
Gap shundaki, aynan Pravoslav Cherkovi 2000 yil davomida Masihning taʼlimotini va ruhoniylikning havoriylardan davom etib kelishini buzilmagan holda saqlab kelmoqda. Oʻzini cherkov deb ataydigan qolgan jamoalar esa yo eʼtiqodni buzib talqin qildilar (katoliklar, protestantlar, monofizitlar, nestorianlar), yoki eʼtiqodga aloqasi boʻlmagan sabablarga koʻra Cherkovdan ajralib chiqdilar (masalan, eski marosim tarafdorlari). Shu tariqa, Muqaddas Kitobda oldindan aytib oʻtilgan va Rabbiy Xudo tomonidan qatʼiy qoralanadigan bidʼatlar va boʻlinishlar paydo boʻldi: «...orangizda halokatli bidʼatlarni kiritadigan soxta taʼlimotchilar paydo boʻladi...» (2 Butrus 2:1), «sizdan oʻtinaman, birodarlar, oʻzingiz oʻrgangan taʼlimotga zid ravishda boʻlinish va vasvasa keltiruvchilardan ehtiyot boʻling va ulardan yuz oʻgiring» (Rimliklarga 16:17), «Masihning taʼlimotidan chetga chiqqan va unda turmagan har bir kishi Xudoga ega emas» (2 Yuhanno 1:9).
Pravoslav xristian eʼtiqodi insoniyat borligʻining maʼnosi sifatida muqaddaslik va Xudo bilan birlikni taklif etadi. Bundan yuksakroq hayot maqsadini tasavvur qilib boʻlmaydi. Pravoslav Cherkovi barcha asrlar davomida avliyolarning ibodatlari ila, cherkov sirlari, ikonalar, tabarruk qoldiqlar va boshqa muqaddas narsalar orqali koʻrsatilgan koʻp sonli ilohiy moʻjizalar misollariga boy. Biroq eng asosiy moʻjiza — bu Sevguvchi Xudo Yaratuvchi bilan uchrashuvdir; U bizga neʼmatlarning eng oliysini — Xudoga oʻxshashlik, muqaddaslik va abadiy hayotni baxsh etadi, bizdan oldin oʻtgan koʻplab pravoslav ajdodlarimiz avlodlari bunga erishganlar.
Ushbu satrlarni oʻqiyotgan barchaga haqiqiy Xudoni tanib olishni va Unda najot topishni tilaymiz!

«Totib koʻring va Rabbiyning naqadar ezgu ekanini bilib oling!» (Zabur 33:9).