1. Iyso alayhissalom Muqaddas Ruh (Jibril a.s.) habarini olib kelgan va Bokira (Maryam)dan erkak zoti ishtirokisiz bo'lgan benuqson .
U dedi: "Robbim, menda qayoqdan ham bola bo'lsin?! Axir menga bashar qo'l tekkizmagan bo'lsa?!" U Zot aytdi: "Ana shunday. Alloh xohlaganini yaratadi. Biror ishni hukm qilsa, unga: "Bo'l!" deydi, xolos, bas, u bo'ladi" (Qur'oni Karim, 3:47)(Iqtiboslar Qur'oni Karimning E. Kuliyev tarjimasi (as-Sa’diy va Ibn Kasir talqinida) nashriga muvofiq keltirilgan.).
2. Iyso Masih - Qodir Allohning payg'ambari
Ey ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmang va Allohga nisbatan haqdan boshqani aytmang. Albatta, Masih lyso ibn Maryam Allohning rasuli, Maryamga ilqo gilgan «Kalimasi» va Undan bo'lgan ruhdir, xolos (Qur'oni Karim, 4:171).
3. Iyso Masih loydan tirik qushlarni yaratadi, umidsiz kasallarni davolaydi va o'liklarni tiriltiradi.
U aytadi: "Albatta, men sizga Robbingizdan mo'jiza keltirdim. Albatta, men sizga loydan qush shakliga o'xshash narsa yasab, unga puflasam, Allohning izni bilan qush bo'ladi. Allohning izni bilan tug'ma ko'r va peslarni tuzataman va o'likni tiriltiraman (Qur'oni Karim, 3:49).
4. Iyso Masihni Alloh taolo O'ziga ko'tardi
O'shanda Alloh aytdi: "Ey Iyso, Men seni vafot qildiruvchi va O'zimga ko'taruvchiman hamda kufr keltirganlardan seni poklovchiman va qiyomat kunigacha senga ergashganlarni kufr keltirganlardan ustun qo'yuvchiman (Qur'oni Karim, 3:55). Balki Alloh uni O'ziga ko'tardi. Alloh o'ta izzatlidir, o'ta hikmatlidir (Qur'oni Karim, 4:158).
5. Musulmonlar Dajjolni mag'lub etish va barcha mo'minlarga imom bo'lish uchun keladigan Iyso Masihning ikkinchi bor kelishini kutishmoqda. (Islomda - oldinda turuvchi - bu namozga imomlik qiluvchi hisoblanadi.)
Albatta, u (Iyso) Soat ilmi(belgi)sidir (Qur'oni Karim 43:61).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadislardan birida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, yaqinda, tez orada Maryam o‘g‘li huzuringizga adolatli qozi bo‘lib keladi”.
6. Qur'on Iyso Masihga ergashishga chaqiradi
O'shanda Alloh aytdi: "Ey Iyso, Men seni vafot qildiruvchi va O'zimga ko'taruvchiman hamda kufr keltirganlardan seni poklovchiman va qiyomat kunigacha senga ergashganlarni kufr keltirganlardan ustun qo'yuvchiman (Qur'oni Karim, 3:55).